«masofaviy ta’lim» tegli maqolalar


O‘zbekistonda 700 dan ortiq maktabda III chorak onlayn boshlandi
23 yanvar 2023, 15:14

O‘zbekistonda 700 dan ortiq maktabda III chorak onlayn boshlandi

Respublika bo‘ylab sinf xonalarida havo haroratini me’yor darajasida saqlash imkoniyati bo‘lmagan 717 maktabda III chorak masofaviy shaklda boshlandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ularni bosqichma-bosqich an’anaviy shaklga o‘tkazish choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.

OTMlarda masofaviy ta’limni joriy etish tartibi belgilandi
4 oktabr 2022, 19:25

OTMlarda masofaviy ta’limni joriy etish tartibi belgilandi

OTMlarda masofaviy ta’lim orqali o‘qish tartibi belgilandi. Bunda bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishida talabalar soni 300, bir magistratura mutaxassisligida esa 30 nafardan oshmaydi. Talabalar LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tishi va har semestr yakunida imtihon uchun OTMga borishi shart.

Koronavirus aniqlangan uchta OTM masofaviy ta’limga o‘tdi
19 aprel 2021, 18:05

Koronavirus aniqlangan uchta OTM masofaviy ta’limga o‘tdi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida COVID-19`ga chalinish holatlari aniqlandi. Muassasalarda o‘quv jarayoni masofaviy ta’limga o‘tkazildi.

Poytaxtning uchta tumanidagi maktablarda o‘qish masofaviy shaklga o‘tkaziladi
15 mart 2021, 22:50

Poytaxtning uchta tumanidagi maktablarda o‘qish masofaviy shaklga o‘tkaziladi

16 martdan Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi maktablar onlayn o‘qish rejimiga o‘tkaziladi. Bunga o‘quvchi va o‘qituvchilar orasida koronavirus infeksiyasiga chalinish holatining keskin oshgani sabab bo‘lgan. O‘qish jarayonlari bir martalik karantin muddatiga masofaviy tarzda amalga oshiriladi.

16 noyabrdan talabalar uchun an’anaviy o‘qishlar boshlanadi
12 noyabr 2020, 23:04

16 noyabrdan talabalar uchun an’anaviy o‘qishlar boshlanadi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan barcha oliy ta’lim muassasalarida 16 noyabrdan o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda davom ettiriladi. An’anaviy ta’lim shakliga o‘tishga tayyorgarlik oktyabr oyida boshlangan edi.

Birinchi bosqich talabalari uchun darslar 2 oktyabrdan boshlanadi
2 sentabr 2020, 19:29

Birinchi bosqich talabalari uchun darslar 2 oktyabrdan boshlanadi

OTMlarning birinchi bosqich talabalari uchun mashg‘ulotlar 2 oktyabrdan boshlanadi. Ta’lim shakli haqida hozircha xabar qilinmadi.

Maktablarda ta’lim jarayoni an’naviy va masofaviy shaklda tashkil etiladi
28 avgust 2020, 20:36

Maktablarda ta’lim jarayoni an’naviy va masofaviy shaklda tashkil etiladi

Maktablarda ta’lim jarayoni bir vaqtning o‘zida ikki xil — an’anaviy va masofaviy shaklda yo‘lga qo‘yiladi. Yangi o‘quv yili esa 14 sentyabrdan boshlanadi. Prezident pandemiya sharoitida ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Oliy ta’limda yangi o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi
7 avgust 2020, 13:30 1

Oliy ta’limda yangi o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi

Sentabrdan boshlab 2, 3 va 4-kurs talabalariga o‘qish onlayn tarzda boshlanadi. Oktabr oyida 1-kurslar ham qabul qilib olingach, pandemiyaning yumshashiga qarab an’anaviy tizimga yana qaytish ehtimoli bor.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting